Қўқон университети хабарномаси 17-jild (2026) · 197-199-betlar
RUS VA O‘ZBEK TOPISHMOQLARINING MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI
Abduqahhorova, Nargiza
Annotatsiya
Mazkur maqolada rus va o‘zbek xalq topishmoqlarining milliy-madaniy xususiyatlari qiyosiy-lingvokulturologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda topishmoqlar xalqning tarixiy tajribasi, milliy dunyoqarashi, an’anaviy turmush tarzi hamda tabiat va jamiyat bilan bog‘liq tasavvurlarini ifodalovchi muhim folklor janri sifatida talqin etiladi. Rus va o‘zbek topishmoqlarida uchraydigan obrazlar, ramziy ifodalar va madaniy konseptlar semantik hamda pragmatik jihatdan ko‘rib chiqilib, ularning milliy madaniyat bilan uzviy aloqasi ochib beriladi. Qiyosiy tahlil natijasida har ikkala xalq topishmoqlariga xos umumiy tipologik belgilar bilan bir qatorda, tabiiy-iqlimiy sharoitlar, ijtimoiy hayot va madaniy an’analar bilan bog‘liq o‘ziga xos farqlar mavjudligi aniqlanadi. Shuningdek, topishmoqlarning bilish, tarbiyaviy, estetik va kommunikativ funksiyalari yoritilib, ularning yosh avlod ongida milliy qadriyatlarni shakllantirishdagi ahamiyati asoslanadi. Tadqiqot natijalari qiyosiy tilshunoslik, folklorshunoslik, lingvokulturologiya hamda madaniyatlararo kommunikatsiya sohalari uchun ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi hamda kelgusidagi qiyosiy folklor tadqiqotlari uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
topishmoq, lingvokulturologiya, milliy-madaniy xususiyat, qiyosiy tahlil, rus folklori, o‘zbek folklori.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.