Қўқон университети хабарномаси Volume 17 (2026) · pp. 228-230
SAIDA ZUNNUNOVA SHE’RIYATIDA TAKROR VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Xo‘jamberdiyeva, Go‘zalxon
Abstract
Ushbu maqolada Saida Zunnunova she’rlarida qo‘llangan takrorlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Adabiy tilning badiiy ifoda imkoniyatlari doirasida takror usuli muhim stilistik vositalardan biri hisoblanadi. Takrorlar badiiy matnga emotsional ta’sirchanlik, mazmuniy aniqlik va estetik tuyg‘ularni uyg‘otish xususiyatlarini beradi. Tadqiqotda takror hodisasining nazariy asoslari, uning reduplikatsiya bilan bog‘liqligi hamda takroriy so‘z va stilistik takror o‘rtasidagi farqlar yoritiladi. Takrorlarning badiiy matnda emotsional ta’sirchanlikni kuchaytirish, mazmuniy aniqlik va estetik ohangdorlikni ta’minlashdagi o‘rni ilmiy asosda ochib beriladi. Shoira she’rlarida uchraydigan fonetik, leksik-semantik va grammatik takrorlar, ularning gorizontal va vertikal ko‘rinishlari, shuningdek, ot, olmosh, fe’l takrorlari hamda so‘z birikmasi va jumla takrorlari alohida tahlil qilinadi.
takrorlar, ot takrori, sifat takrori, olmosh takrori, fe‘l takrori, sintaktik figuralar.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.