Қўқон университети хабарномаси 17-том (2026) · 275-279-беттер
DAVLAT XIZMATCHILARINING HUJJATLAR BILAN ISHLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH VA FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Fozilov, Umid
Аңдатпа
Mazkur maqolada davlat boshqaruvi tizimida hujjatlar bilan ishlash jarayonlarining samaradorligini oshirish hamda davlat xizmatchilarining ish yuritish bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi davlat idoralarida hujjatlar aylanishini tashkil etish, ijro intizomini ta’minlash va elektron hujjat aylanmasi tizimlaridan foydalanishning amaliy holatini tahlil qilishdan iborat. Maqolada tizimli va solishtirma tahlil, ekspert baholash hamda sotsiologik so‘rov usullaridan foydalanilgan. So‘rovnoma natijalari davlat xizmatchilarining ish hujjatlarini yuritish bo‘yicha bilimlari yetarli darajada emasligini hamda hujjatlarni rasmiylashtirish, tahlil qilish va ijrosini nazorat qilish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish zarurligini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari asosida hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarini takomillashtirish, elektron hujjat aylanmasini joriy etish va kasbiy tayyorgarlikni kuchaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur tavsiyalar davlat boshqaruvi faoliyati samaradorligini oshirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Davlat xizmatchilari, ish hujjatlari, hujjatchilik, davlat idoralari, hujjatlar harakati, ijro, hujjatlar ijrosi, hujjatlashtirish, hujjatlarni saqlash, meyoriy hujjatlar, ish yuritish, elektron hujjat aylanmasi, rasmiy til uslubiyoti, hujjat tayyorlash, hujjatchilik savodxonligi, normativ-huquqiy hujjatlar.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.