Қўқон университети хабарномаси Volume 17 (2026) · pp. 5-7

TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH NAZARIYASINING ILMIY ASOSLARI

Sulaymanbekov, Oybek

Read at source PDF

Abstract

Mazkur maqolada ta’limni raqamlashtirish nazariyasining ilmiy-nazariy asoslari kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida raqamli ta’lim tushunchasining mazmun-mohiyati, uning shakllanish bosqichlari hamda zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni ochib beriladi. Raqamli ta’lim muhitining infratuzilmasi, boshqaruv mexanizmlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi hamda innovatsion pedagogik modellar orqali o‘quv jarayonini transformatsiyalash masalalari yoritiladi. Maqolada ta’limni raqamlashtirish nazariyasi zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar — xususan, konnektivizm va tranzaksion masofa nazariyalari bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim jarayonida masofaviylik, moslashuvchanlik, individuallashtirish va interaktivlik tamoyillarining ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, raqamli texnologiyalarning ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdagi roli, bo‘lajak pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini shakllantirish zarurati hamda ta’lim jarayonini makon va zamon cheklovlarisiz tashkil etish imkoniyatlari ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, raqamli transformatsiyani samarali amalga oshirish hamda uzluksiz ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ta’limni raqamlashtirish, raqamli ta’lim, ta’lim nazariyasi, connectivizm, transactional distance, masofaviy ta’lim, interaktiv ta’lim, innovatsion texnologiyalar, ta’lim transformatsiyasi.

Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.

Cite

APA 7
Sulaymanbekov, Oybek (2026). TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH NAZARIYASINING ILMIY ASOSLARI. Қўқон университети хабарномаси, 17, 5-7.
GOST R 7.0.5
Sulaymanbekov, Oybek TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH NAZARIYASINING ILMIY ASOSLARI // Қўқон университети хабарномаси. 2026. Т. 17. С. 5-7.
BibTeX
@article{oybek2026,
  author  = {Sulaymanbekov, Oybek},
  title   = {TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH NAZARIYASINING ILMIY ASOSLARI},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year    = {2026},
  volume  = {17},
  pages   = {5-7}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Sulaymanbekov, Oybek
TI  - TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH NAZARIYASINING ILMIY ASOSLARI
JO  - Қўқон университети хабарномаси
PY  - 2026
VL  - 17
SP  - 5
EP  - 7
ER  -