Қўқон университети хабарномаси 17-tom (2026) · 51-53-betler

JAHON VA MILLIY ADABIYOTSHUNOSLIKDA AYOL OBRAZINING UMUMIY TENDENSIYALARI

Egamberdiyeva, Kamola

Derekkózde oqıw PDF

Annotaciya

Mazkur maqolada jahon va milliy adabiyotshunoslikda ayol obrazining shakllanishi, taraqqiyoti va badiiy talqinidagi umumiy tendensiyalar yoritiladi. Ayol siymosining hikoya janrida aks etishi, uning ruhiy olami, ichki kechinmalari, ijtimoiy maqomi hamda davr bilan bog‘liq taqdiriy o‘zgarishlari badiiy-estetik jarayon doirasida tahlil etiladi. Jahon adabiyotida ayol obrazi ko‘pincha insoniyatning ma’naviy qiyofasi, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar va tarixiy sharoitlar bilan chambarchas bog‘liq holda tasvirlangan bo‘lsa, o‘zbek hikoyachiligida u milliy mentalitet, an’ana va qadriyatlar negizida talqin qilinadi. Maqolada ayol obrazining romantik, realizm va modernistik talqinlari, shuningdek, mustaqillik davri hikoyachiligida uning ruhiy-falsafiy mazmun kasb etishi masalalari ochib beriladi. Ayol qismati orqali davr muammolari, insoniy iztiroblar, ichki ziddiyatlar va ma’naviy izlanishlar ifodalangani ko‘rsatib o‘tiladi. Hikoya janrining o‘ziga xos xususiyatlari – syujet va xarakter birligi, ruhiy tahlil, ramziy tasvir vositalari orqali ayol obrazining estetik qimmati yuksalishi asoslab beriladi. Shuningdek, jadid davri hikoyachiligidan boshlab zamonaviy adabiyotgacha bo‘lgan jarayonda ayol siymosining badiiy talqini evolyutsion jihatdan ko‘rib chiqiladi. Mustaqillik davrida ijod erkinligi natijasida ayol ruhiyati yanada chuqurroq va individual yo‘sinda tasvirlana boshlagani, uning ichki dunyosi va falsafiy mushohadalari hikoya markaziga aylangani ta’kidlanadi. Natijada ayol obrazi nafaqat syujetni harakatga keltiruvchi unsur, balki butun badiiy g‘oyani mujassamlashtiruvchi estetik markaz sifatida namoyon bo‘lishi yoritiladi.

jahon va milliy, hikoya, ayol, badiiy adabiyot, ruhiyat, davr, taqdir.

Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.

Dáyeksóz alıw

APA 7
Egamberdiyeva, Kamola (2026). JAHON VA MILLIY ADABIYOTSHUNOSLIKDA AYOL OBRAZINING UMUMIY TENDENSIYALARI. Қўқон университети хабарномаси, 17, 51-53.
GOST R 7.0.5
Egamberdiyeva, Kamola JAHON VA MILLIY ADABIYOTSHUNOSLIKDA AYOL OBRAZINING UMUMIY TENDENSIYALARI // Қўқон университети хабарномаси. 2026. Т. 17. С. 51-53.
BibTeX
@article{kamola2026,
  author  = {Egamberdiyeva, Kamola},
  title   = {JAHON VA MILLIY ADABIYOTSHUNOSLIKDA AYOL OBRAZINING UMUMIY TENDENSIYALARI},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year    = {2026},
  volume  = {17},
  pages   = {51-53}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Egamberdiyeva, Kamola
TI  - JAHON VA MILLIY ADABIYOTSHUNOSLIKDA AYOL OBRAZINING UMUMIY TENDENSIYALARI
JO  - Қўқон университети хабарномаси
PY  - 2026
VL  - 17
SP  - 51
EP  - 53
ER  -