Қўқон университети хабарномаси Ҷилди 17 (2026) · Саҳифаҳои 54-57
GLOBALLASHUV MUHITIDA O‘QUVCHILARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA MAKTAB-OILA O‘ZARO MUNOSABATLARI MODELINI YARATISH
Avlaev, Avloqul
Аннотатсия
Maqolada globallashuv sharoitida maktab va oila o‘zaro munosabatlari orqali o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik modeli ochib berilgan. Ushbu model o‘quvchining axloqiy dunyoqarashini shakllantirish, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga ongli munosabatini rivojlantirish, hissiy va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga qaratilgan. Maqolada maktab va oilaning yaqin hamkorligi asosida amalga oshiriladigan muhokamalar, interaktiv mashg‘ulotlar, veb-kvestlar, mustaqil ishlar va ijtimoiy loyihalar orqali o‘quvchining bilimlari, hissiy munosabatlari va xulq-atvori tizimli tarzda shakllantirilishi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, pedagogik modelning asosiy bosqichlari – aksiologik (qadriyatli), ijtimoiy-moslashuvchan, refleksiv-tahliliy va fuqarolik o‘zligini anglash – batafsil tavsiflangan. Har bir bosqichda qo‘llaniladigan ta’lim-tarbiya usullari va tashkiliy shakllar o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini, axloqiy qaror qabul qilish qobiliyatini va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada shuningdek o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalanishini baholash mezonlari (kognitiv, emotsional va xulq-atvor) keltirilgan, pedagogik jarayonning samaradorligini aniqlash va maktab-oila hamkorligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan tavsiyalar berilgan. Ushbu model o‘quvchilarning mustaqil axloqiy tanlov qilishi, ijtimoiy foydali faoliyatlarda faol ishtirok etishi va global axborot-kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanishini rag‘batlantiradi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, pedagogik model, globallashuv, refleksiv-tahliliy bosqich, muammoli vaziyatlarni yaratish, mustaqil ish, kompyuter praktikumi.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.