Қўқон университети хабарномаси 17-том (2026) · 100-102-беттер
GIPSLI TUPROQLAR MIKROBIOSENOZIDA AKTINOMITSETLARNING TUPROQ HOSIL BO‘LISH JARAYONLARIDAGI EKOLOGIK AHAMIYATI
D.D. Уulchiyeva, SH.M Isxoqova
Аңдатпа
Ushbu maqolada gipsli tuproqlar mikrobiosenozida aktinomitsetlarning tarqalishi va tuproq hosil bo‘lish jarayonlaridagi ekologik ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqotlar Jizzax viloyati Zarbdor tumani hududida tarqalgan gipsli bo‘z – o‘tloqi tuproqlarning 0–15, 15–30 va 30–50 sm qatlamlarida aktinomitsetlar, bakteriyalar va zamburug‘lar soni aniqlandi hamda ularning organik moddalar aylanishiga ta’siri baholandi. Olingan natijalarga ko‘ra, aktinomitsetlar asosan tuproqning yuza qismida uchrab, chuqurlik oshishi bilan ularning soni keskin kamayishi aniqlandi. Gipsli qatlamlarda aktinomitsetlarning fermentativ faolligi va ekologik va biologik ishtiroki juda ham kamligi kuzatildi. Aktinomitsetlarni gipsli tuproqlarning biologik holatni baholashda qo‘shimcha bioindikator sifatida qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadi.
Gipsli tuproqlar, aktinomitsetlar, mikrobiotsenoz, tuproq hosil bo‘lishi, biologik faollik, organik modda, mikroorganizm, avtomorf
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.