Қўқон университети хабарномаси 17-том (2026) · 110-114-беттер
XUSUSIY KAPITALNING KORXONA MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASHDAGI O‘RNI
Muratov, Aziz
Аңдатпа
Mazkur tadqiqot ishining maqsadi korxonalarda xususiy kapitalning shakllanishi, undan foydalanish samaradorligi va uning moliyaviy barqarorlikka ta’sirini baholashdan iborat. Tadqiqot jarayonida iqtisodiy tahlil, taqqoslash, koeffisiyentlar tahlili hamda DuPont modeli kabi zamonaviy moliyaviy tahlil usullaridan foydalanildi. Tahlil obyekti sifatida Biokimyo AJning 2022–2024 yillarga oid moliyaviy hisobotlari o‘rganildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, xususiy kapital hajmining o‘sishi korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi, biroq aktivlar hajmining tez o‘sishi qisqa muddatda rentabellik ko‘rsatkichlarining pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, sof foyda marjasining oshishi va moliyaviy leverajning me’yoriy darajada saqlanishi korxona moliyaviy boshqaruvining samarali tashkil etilganini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari asosida xususiy kapitaldan samarali foydalanish, aktivlar aylanmasini oshirish va investisiya samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi. Ushbu takliflarni amalga oshirish korxonaning moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, MHXS, xususiy kapital, moliyaviy barqarorlik, kapital tuzilmasi, kapitalni boshqarish, samaradorlik, korxona moliyasi
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.