Қўқон университети хабарномаси 17-jild (2026) · 118-120-betlar
SAIDA ZUNNUNOVA IJODIDA RITORIK SO‘ROQ GAPLARNING QO‘LLANILISHI
Xo‘jamberdiyeva, Go‘zalxon
Annotatsiya
Mazkur maqolada Saida Zunnunova ijodida ritorik so‘roq gaplarning qo‘llanilishi, ularning badiiy-uslubiy xususiyatlari va poetik vazifasi tahlil qilinadi. Shoira she’riyatida ritorik so‘roqlar lirik kechinmalarni chuqurlashtirish, ayol qalbidagi iztirob va orzularni ochib berish, muhabbat, Vatan va ona mavzularini ta’sirchan ifodalash vositasi sifatida xizmat qiladi. Tadqiqot natijasida aniqlanishicha, ritorik so‘roq gaplar shoiraning individual uslubini belgilovchi muhim sintaktik vositalardan biridir. Ritorik so‘roq gaplar adib ijodida nafaqat ifodaviy vosita, balki badiiy-estetik ta’sir kuchini oshiruvchi muhim sintaktik qurilma sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, maqolada ritorik so‘roqlarning obraz yaratishdagi o‘rni, qahramon ruhiy kechinmalarini ochib berishdagi ahamiyati hamda muallifning individual uslubini shakllantirishdagi roli yoritiladi. Bunday gaplarning muhabbat, vatanparvarlik, axloqiy qadriyatlar va ijtimoiy masalalarni ifodalashdagi funksional imkoniyatlari tahlil qilinadi.
ritorik so‘roq gap, badiiy uslub, poetik sintaksis, lirik kechinma, emotsionallik, Saida Zunnunova ijodi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.