Қўқон университети хабарномаси Volume 16 (2025) · pp. 214-216
BACHADON BO‘YNI YETISHMOVCHILIGI: ETIOLOGIYASI, TASHXISLASH USULLARI VA ZAMONAVIY DAVOLASH METODLARI
Mamajonov, Abrorbek, Abduxalimov, Mashhurbek
Abstract
Ushbu maqolada bachadon bo‘yni yetishmovchiligining (BBE) zamonaviy klinik ta’rifi, etiologiyasi va patogenezi bo‘yicha eng so‘nggi ilmiy ma’lumotlar tahlil qilingan. Tadqiqotda bachadon bo‘yni yetishmovchiligini aniqlashda qo‘llanilayotgan an’anaviy va innovatsion tashxis usullari, xususan transvaginal ultratovush, 3D va 4D ultratovush texnologiyalari, servikal elastografiya hamda sun’iy intellektga asoslangan prognoz modellarining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, maqolada bachadon bo‘yni yetishmovchiligini davolashda qo‘llanilayotgan klassik usullar — servikal serklyaj va akusherlik pessariylari bilan bir qatorda, zamonaviy farmakologik va regenerativ terapiya yo‘nalishlarining istiqbolli jihatlari tahliliy asosda bayon etilgan. Olingan ma’lumotlar asosida bachadon bo‘yni yetishmovchiligining oldini olish, erta aniqlash va individuallashtirilgan davolash strategiyalarini takomillashtirish imkoniyatlari muhokama qilingan..
bachadon bo‘yni yetishmovchiligi, servikal yetishmovchilik, servikal elastografiya, doppler tekshiruvi, genetik omillar, gen mutatsiyalari
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.