Қўқон университети хабарномаси 17-том (2026) · 137-139-беттер
XORAZM GIDRONIMLARI KORPUSININING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY AHAMIYATI
Aqmanova, Shahnoza
Аннотация
Ushbu maqolada Xorazm vohasi gidronimlari elektron korpusini yaratishning nazariy-metodologik asoslari kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda korpus lingvistikasi tamoyillari, onomastik materialni yig‘ish va tasniflash mezonlari, gidrografik prinsip asosida obyektlarni tizimlashtirish masalalari yoritilgan. Matnlarni avtomatik qayta ishlash jarayonida tokenizatsiya, lemmatizatsiya, lingvistik teglash va Named Entity Recognition (NER) usullaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Gidronimlarning leksik-semantik, etimologik va strukturaviy xususiyatlari ochib berilib, ularning diaxronik qatlamlari hamda tarixiy variantlari korpus bazasida saqlash mexanizmi asoslanadi. Shuningdek, korpusni Geoinformatsion tizimlar (GIS) bilan integratsiyalash, obyektlarni elektron xaritalarga bog‘lash va areal tahlillar o‘tkazish imkoniyatlari tahlil etiladi. Maqolada mazkur korpusning lingvistik, tarixiy, arxeologik, etnografik hamda turizm sohalaridagi amaliy ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
korpus lingvistikasi, gidronimiya, Xorazm gidronimlari, semantik munosabatlar, NLP, GIS-texnologiyalar, mikrotoponimika, ma’lumotlar bazasi.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.