Қўқон университети хабарномаси Том 17 (2026) · с. 175-178
MAHALLA INSTITUTLARIDA RAQAMLI BOSHQARUVNI YO‘LGA QO‘YISH VA ULARNI TADBIQ QILISH YO‘NALISHLARI
Axmedov, Ravshanjon
Аннотация
Mazkur maqolada mahalla institutlarida raqamli boshqaruvni joriy etishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi mahalla boshqaruvini an’anaviy hujjat aylanishiga asoslangan tizimdan ma’lumotlarga tayangan zamonaviy boshqaruv modeliga transformatsiya qilish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Ishda raqamli boshqaruv konsepsiyalari, xorijiy tajriba (Estoniya va Janubiy Koreya modeli) hamda institutsional yondashuvlar asosida qiyosiy tahlil amalga oshirilgan. Tadqiqot natijasida mahalla institutlari uchun uch bosqichli raqamli transformatsiya modeli — raqamlashtirish, integratsiya va analitik boshqaruv bosqichlari — ishlab chiqildi. Taklif etilgan model yagona elektron reyestr, real vaqt monitoringi va ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish mexanizmlarini nazarda tutadi. Xulosa sifatida, raqamli boshqaruvni joriy etish mahalla faoliyatining shaffofligi va samaradorligini oshirish, ijtimoiy xizmatlar manzilliligini kuchaytirish hamda davlat va jamiyat o‘rtasidagi institutsional ishonchni mustahkamlashga xizmat qilishi asoslab berildi.
mahalla instituti, raqamli boshqaruv, elektron hukumat, institutsional transformatsiya, ijtimoiy xizmatlar, ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish, mahalliy boshqaruv.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.