Қўқон университети хабарномаси 16-том (2025) · 180-182-беттер
BEMORLARDA TERI SARATONI KASALLIGINI QO‘ZG‘ATUVCHI PATOGEN MIKROORGANIZMLARNING MIKROBIOLOGIK TAHLILI
Qodirov, Otabek
Аңдатпа
Ushbu maqolada teri saratoni bilan kasallangan 10 nafar bemor misolida mikrobiologik tadqiqotlar natijalari tahlil qilindi. Tadqiqotning asosiy maqsadi teri onkologik jarayonlarida mikroorganizmlarning ishtirokini aniqlash va ularning kasallik rivojlanishiga bo‘lgan ehtimoliy ta’sirini baholashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqot davomida bemorlarning saraton o‘choqlaridan biologik namunalar olinib, zamonaviy mikrobiologik va laboratoriya usullari yordamida tekshirildi. Olingan natijalar teri saratoni bilan bog‘liq jarayonlarda ayrim patogen va shartli-patogen mikroorganizmlarning faol ishtiroki mavjudligini ko‘rsatdi. Xususan, tekshiruvlar natijasida Staphylococcus aureus, Propionibacterium acnes hamda Human papillomavirus (HPV) infeksiyalarining saraton o‘choqlarida uchrashi aniqlangan. Ushbu mikroorganizmlar surunkali yallig‘lanish jarayonlarini kuchaytirishi, mahalliy immunitetni susaytirishi va hujayralarning malign transformatsiyasiga sharoit yaratishi mumkinligi taxmin qilinadi. Tadqiqot natijalari teri saratonining patogenezi va rivojlanish mexanizmlarini chuqurroq o‘rganishda, shuningdek, profilaktika va davolash strategiyalarini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
teri saratoni, biopsiya, HPV, Staphylococcus aureus, bakterial infektsiya, yallig‘lanish, patogen, bakteriya, virus, zamburug‘.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.