Қўқон университети хабарномаси Volume 17 (2026) · pp. 197-198
O‘QITUVCHINING NOVERBAL NUTQ MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Аbduvаliyevа, Nоdirа
Abstract
Ushbu maqolada o‘qituvchining dars jarayonida ta’limiy ta’sirchanlikni oshirishda noverbal nutq mahoratini takomillashtirish yo‘llari yoritiladi. Xususan, muloqotda yuz ifodasi, nigoh, imo-ishora, tana holati va masofa (proksemika) kabi noverbal vositalarning o‘quvchi diqqatini jamlash hamda mazmunni aniqroq anglatishdagi o‘rni asoslanadi. Noverbal signallar o‘qituvchi nutqining ishonchliligi va emosional ta’sir kuchini kuchaytirib, pedagogik muloqot samaradorligini belgilashi ta’kidlanadi. Shuningdek, nutq texnikasi tarkibidagi tovush xususiyatlari — ovoz balandligi, tembri, ohang (intonatsiya), nutq sur’ati va pauzalarning didaktik vazifasi ochib beriladi. Ovoz diapazoni va artikulyatsiyaning aniqligi o‘qituvchining kommunikativ ta’sirini kuchaytiruvchi muhim omillar sifatida baholanadi.
Noverbal vosita, kommunikatsiya, temp, ritm, diksiya, Gipkost (egiluvchanlik) va podvijnost (harakatchanlik), diafragmatik nafas, pedagogik mahorat, оvоz bаlаndligi, nutq sur’аti, pаuzа, intоnаtsiyа, ekstrаlingvistik аspect, kоmmunikаtiv vаziyаt.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.