Қўқон университети хабарномаси Том 17 (2026) · с. 239-241
BAHOLASH MEZONLARINI YARATISHDA SUN’IY INTELLEKT VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING IMKONIYATLARI
Yusufjonova, Nazokat
Аннотация
Mazkur tadqiqotda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish nafaqat baholash mezonlarini avtomatlashtirish vositasi sifatida, balki adabiy ta’lim jarayonini metodik jihatdan takomillashtiruvchi didaktik instrument sifatida talqin qilinadi. Xususan, generativ til modellari yordamida o‘quvchilarning badiiy asarni idrok etish darajasi, tanqidiy va kreativ fikrlashi, kommunikativ kompetensiyalari hamda emotsional-intellektual reaksiyalarini kompleks baholash imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, K-D-M-I (kontekst, didaktik maqsad, metodik cheklov, interfaol integratsiya) modeli asosida ishlab chiqilgan AI-prompting metodikasi o‘qituvchilarga aniq indikatorlarga ega bo‘lgan baholash rubrikalarini tez va samarali yaratish imkonini beradi. Shuningdek, maqolada sun’iy intellektdan foydalanish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan metodik va estetik xavflar, xususan, “algoritmik did” fenomeni ham muhokama qilinib, uning oldini olishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar taklif etilgan. Tadqiqot natijalari adabiy ta’limni raqamli transformatsiya qilish jarayonida sun’iy intellekt vositalarini ilmiy asoslangan holda integratsiya qilish zarurligini ko‘rsatadi.
adabiy kompetensiya, sun’iy intellekt, baholash mezonlari, formativ baholash, baholash rubrikalari, raqamli didaktika, badiiy tahlil
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.