Қўқон университети хабарномаси Том 17 (2026) · с. 251-254
O‘ZBEKISTONDA HUDUDIY TAFOVUTLARNI QISQARTIRISH ORQALI INKLYUZIV O‘SISHGA ERISHISH YO‘LLARI
Raximov, Eshmurod
Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekistonda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni qisqartirish orqali inklyuziv iqtisodiy o‘sishga erishish masalalari tahlil qilinadi. Hududlar o‘rtasidagi yalpi hududiy mahsulot, aholi daromadlari, investitsiya oqimlari va infratuzilma bilan ta’minlanganlik darajasidagi farqlar o‘sishning inklyuzivligini cheklovchi omil sifatida baholanadi. Tadqiqotda hududiy konvergentsiya nazariyalari, institutsional va makroiqtisodiy yondashuvlar asosida O‘zbekiston sharoitiga mos mexanizmlar taklif etiladi. Bundan tashqari, ushbu tadqiqot ishida davlatning hududiy siyosati, jumladan, hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari, kambag‘allikni qisqartirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarning ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijasida hududlar o‘rtasidagi tafovutlarni kamaytirish orqali iqtisodiy o‘sishning barqarorligi va inklyuzivligi oshishi, aholi farovonligi yaxshilanishi hamda ijtimoiy tenglik ta’minlanishi mumkinligi xulosa qilingan. Mazkur maqola natijalari O‘zbekistonda inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan strategik qarorlar ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
inklyuziv o‘sish, hududiy tafovutlar, konvergentsiya, investitsiya siyosati, inson kapitali, infratuzilma, mintaqaviy rivojlanish
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.