Қўқон университети хабарномаси Volume 17 (2026) · pp. 258-260
BUXORO VILOYATIDA AGROTURIZM RIVOJLANISHINING JORIY HOLATI (2025-yil statistik ko‘rsatkichlari asosida tahlil)
Rustamov, Adhamjon
Abstract
Ushbu maqolada Buxoro viloyatida agroturizmning joriy holati 2025-yil statistik koʻrsatkichlari asosida tahlil qilingan. Viloyatga 2025-yilning dastlabki 11 oyida 2,25 million xorijiy sayyoh tashrif buyurib, turizm eksporti 614,1 mln AQSh dollariga yetdi. Biroq, agroturizm sohasida maxsus korxonalar soni atigi 10-15 tani tashkil etib, soha boshlangʻich bosqichda. Shuningdek maqolada qorako‘l qoʻychilik, gastronomik meros va UNESCO merosi asosidagi turistik salohiyat baholangan. 2030-yilga kelib 64 mln dollar daromad, 2 500 ish oʻrni va 320 ming sayyoh jalb qilinishi prognoz qilingan.
agroturizm, Buxoro viloyati, qorako‘l qoʻychilik, turizm eksporti, fermer mehmondoʻstligi, qishloq turizmi
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.