Қўқон университети хабарномаси Volume 17 (2026) · pp. 273-275
Abdurazzoq Gurnah Nasrida Estetik Sintez Modeli: Tasavvufiy Iztirob va Psixologik Realizmning Badiiy Mexanizmlari
Saydamatova, Dilafro‘z
Abstract
Mazkur maqolada Abdurazzoq Gurnahning badiiy ijodida psixologik tahlilning o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Maqolada yozuvchining “Desertion” va “Gravel heart” asarlari misolida qahramonlarning ruhiy kechinmalari, identitet inqirozi, muhojirlik iztiroblari va mustamlakachilik merosi bilan bog‘liq ichki kurashlari tahlil qilindi. Tadqiqot metodologik jihatdan psixoanalitik, intertekstual, qiyosiy-tarixiy yondashuvlarga tayangan holda olib borildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Gurnah asarlarida Sharq adabiyotiga xos tasavvufiy iztiroblar va G‘arb adabiyotidagi psixologik realizmning o‘zaro uyg‘unlashuvi kuzatiladi. Ushbu uyg‘unlik yozuvchi qahramonlarining murakkab ruhiy dunyosini chuqurroq anglash imkonini beradi hamda postkolonial adabiyot nazariyasi uchun yangi ilmiy yondashuvlarni taqdim etadi.
Abdurazzoq Gurnahpsixologik tahlilruhiy kechinmaidentitet inqirozimuhojirlikpostkolonializm
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.