Қўқон университети хабарномаси 18-том (2026) · 25-27-беттер
BO‘LG‘USI MUSIQA O‘QITUVCHILARIDA KASBIY-PEDAGOGIK IDENTITETNI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Qobilova, E’zozxon
Аннотация
Ushbu maqolada bo‘lg‘usi musiqa o‘qituvchilarida kasbiy-pedagogik identitetni shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilinadi. Identitet tushunchasining psixologik va pedagogik talqinlari yoritilib, musiqa ta’limi jarayonida kasbiy o‘zlikni shakllantirish omillari, mexanizmlari hamda pedagogik shart-sharoitlari asoslab beriladi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim konsepsiyalari asosida kasbiy identitetni rivojlantirishning metodik yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tiladi. Mazkur jarayonda bo‘lg‘usi musiqa o‘qituvchilarining shaxsiy, ijodiy va kasbiy sifatlarini uyg‘un rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi. Shuningdek, refleksiya, o‘z-o‘zini anglash, pedagogik faoliyatga motivatsiya va kasbiy qadriyatlarning shakllanishi identitet rivojining muhim tarkibiy qismlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot doirasida musiqa ta’limida innovatsion yondashuvlar, interfaol metodlar hamda amaliy faoliyat orqali kasbiy-pedagogik identitetni mustahkamlash imkoniyatlari ochib beriladi. Natijada, bo‘lg‘usi musiqa o‘qituvchilarda kasbiy-pedagogik identitetni samarali shakllantirish ta’lim sifati va pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishning muhim omili ekanligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
kasbiy identitet, pedagogik identitet, musiqa ta’limi, professional o‘zlik, kompetensiya, refleksiya, pedagogik faoliyat, kasbiy o‘zlik, kreativlik, ilmiy-nazariy tahlil, pedagog shaxsi, musiqiy ta’lim, ma’naviyat
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.