Қўқон университети хабарномаси 18-том (2026) · 47-49-беттер
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA YOZUV KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Alimova, Kamola
Аннотация
Yozuvning grafomotor ko‘nikmalarini shakllanish jarayoni juda murakkab va u o‘z ichiga inson aqliy faoliyatining turli sohalarini qamarab oladi. Maktab ta’limiga tayyorlashning asosiy mezonlaridan biri – bolalarda o‘qish va yozish ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Grafomotor ko‘nikma – bu yozadigan qo‘lning odatiy holati va harakati bo‘lib, u harflar va ularning bog‘lanishini ifodalaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda grafomotor ko‘nikmalarni shakllantirish ularning keyingi savodxonlik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, yozuvga tayyorgarlik jarayonida nafaqat motor harakatlar, balki nutqiy va kognitiv jarayonlarni ham rivojlantirish muhim hisoblanadi. Ayniqsa, nutq nuqsoniga ega bolalarda grafomotor faoliyatni rivojlantirishda individual yondashuv va maxsus korreksion mashqlar tizimi samarali natija beradi. Shuningdek, vizual idrok va fazoviy tasavvurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar bolalarning yozuv jarayoniga moslashuvini osonlashtiradi. Bu esa ularning maktab ta’limiga psixologik va amaliy jihatdan tayyorgarligini oshiradi.
grafomotor ko‘nikma, yozuv malakasi, mayda motorika, vizual idrok, fonetik tahlil, shtirixlash, fazoviy mo‘ljal, inklyuziv ta’lim, logopedik yondashuv, psixofiziologik jarayonlar, yozuvni o‘rgatish metodikasi.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.