Қўқон университети хабарномаси Volume 18 (2026) · pp. 50-52
SINONIMIYANING TURLARI: AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY TASNIF
Rahmonov, G‘afforjon
Abstract
Mazkur maqolada sinonimiya hodisasining turlari an’anaviy va zamonaviy lingvistik yondashuvlar kengaytirilgan tarzda yoritiladi. Tadqiqotning maqsadi — sinonimiyani tasniflash mezonlarini aniqlash, an’anaviy leksikologik tasnif (semantik, uslubiy, emotsional-baholovchi va kontekstual sinonimiya) bilan zamonaviy yondashuvlar (kognitiv-pragmatik talqin, near-synonymy modeli, kollokatsion/korpus tahlili, hisoblash (kompyuter) lingvistikasi) o‘rtasidagi farqlarni qiyosiy tahlil qilishdan iborat. Metodlar sifatida adabiyotlar tahlili, qiyosiy-tipologik yondashuv, komponent (semik) tahlil hamda kontekstual va kollokatsion tahlil qo‘llandi. Natijalar sinonimlar o‘rtasidagi “tenglik” ko‘pincha nisbiy ekanini, sinonimik qatorlar integral sema umumiyligi asosida birlashishini, biroq differensial semalar (daraja, baholovchanlik, registr, kollokatsion moslashuv, pragmatik cheklovlar) sinonim tanlovini belgilashini ko‘rsatdi. Muhokama qismida an’anaviy tasnif sinonimik tizimni tavsiflashda bazaviy asos bo‘lib qolishi, zamonaviy tasnif esa real nutq, pragmatika va korpus dalillari orqali sinonimiyaning funksional tabiatini to‘laroq yoritishi asoslandi. Xulosa sifatida sinonimiyani tasniflashda an’anaviy mezonlar zarur, biroq zamonaviy metodlar bilan boyitilgandagina sinonimlar orasidagi nozik farqlar ilmiy asosda izohlanishi ta’kidlanadi.
sinonimiya, yaqin sinonimiya, sinonimik qator, dominanta, sema, komponent tahlil, uslubiy farqlanish, baholovchanlik, pragmatika, kollokatsiya, korpus lingvistikasi, WordNet.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.