Қўқон университети хабарномаси Том 18 (2026) · с. 53-54
IKKI TILLI O‘QUV LUG‘ATLARI VA ULARNING LEKSIKOGRAFIK ASOSLARI
Berdiyeva, Mashhura
Аннотация
Ushbu maqolada ikki tilli o‘quv lug‘atlarini tuzishning nazariy va amaliy leksikografik asoslari tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy til o‘rgatish metodikasida lug‘atlarning tutgan o‘rnini aniqlash va ularning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat. Ishda leksikografik manbalarni tahlil qilish orqali o‘quv lug‘atlarining makro va mikrostrukturasi, undagi ekvivalentlik muammolari hamda lingvodidaktik imkoniyatlar atroflicha yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, samarali o‘quv lug‘ati nafaqat so‘z tarjimasini, balki so‘zning semantik, grammatik va madaniy xususiyatlarini o‘z ichiga olgan yaxlit tizim bo‘lishi lozim. Xulosa qismida ta’lim jarayoniga moslashtirilgan lug‘atlarni yaratish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan.
leksikografiya, o‘quv lug‘ati, makrostruktura, mikrostruktura, ikki tillilik, lingvodidaktika, lug‘at maqolasi, leksikografik tamoyillar
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.