Қўқон университети хабарномаси 18-jild (2026) · 71-73-betlar
KORXONA (FIRMA) FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA BIZNES REJANING AHAMIYATI
Sattarov, Davronbek
Annotatsiya
Maqolada korxona (firma) faoliyatini samarali tashkil etishda biznes-rejaning ahamiyati va roli batafsil tahlil qilinadi. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida biznes-reja korxona strategiyasini aniqlash, uzoq va qisqa muddatli maqsadlarni belgilash, moliyaviy resurslarni samarali boshqarish, risklarni kamaytirish, raqobatbardoshlikni oshirish hamda investitsiya jalb qilishda muhim vosita ekanligi ko‘rsatib beriladi. Maqolada shuningdek, biznes-rejalashtirishning nazariy asoslari, uning xorijiy va mahalliy adabiyotlardagi talqinlari, strategik boshqaruv, marketing va moliyaviy reja tizimlari bilan bog‘liqligi yoritilgan. biznes-rejaning tarkibiy bo‘limlari, ularning mazmuni va amaliy qo‘llanilishi, shuningdek, ichki boshqaruv samaradorligiga va tashqi investorlar qarorlariga ta’siri batafsil ko‘rib chiqilgan. Biznes-reja korxona faoliyatini samarali tashkil etish, strategik boshqaruvni ta’minlash, investitsiya jalb qilish, raqobat ustunligini saqlash va risklarni boshqarishning muhim vositasi sifatida qabul qilinadi. Ushbu maqola tadbirkorlar, korxona rahbarlari va investorlar uchun biznes-rejalashtirishning nazariy va amaliy jihatlarini tushunishga yordam beradi.
Biznes-reja, korxona faoliyati, strategik boshqaruv, investitsiya loyihasi, marketing, moliyaviy reja, raqobatbardoshlik
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.