Қўқон университети хабарномаси Ҷилди 18 (2026) · Саҳифаҳои 100-103
SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI FIZIKA TA’LIMIGA INTEGRATSIYALASHNING O‘QUV SAMARADORLIGIGA TA’SIRI: EKSPERIMENTAL TADQIQOT
Sattarov, Akmaljon
Аннотатсия
Ushbu tadqiqotda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining fizika ta’limiga integratsiyalashuvi va uning o‘quv samaradorligiga ta’siri eksperimental yondashuv asosida chuqur o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida PhET interaktiv simulyatsiyalari, ChatGPT sun’iy intellekt yordamchisi hamda Labster virtual laboratoriya platformalari ta’lim jarayoniga integratsiya qilinib, ularning an’anaviy o‘qitish usullari bilan solishtirma tahlili amalga oshirildi. Eksperiment 58 nafar oliy ta’lim talabasi ishtirokida o‘tkazilib, ular tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi. Tadqiqot 4 hafta davomida tashkil etildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, SI asosida tashkil etilgan o‘qitish modeli talabalarning fizika faniga oid konseptual tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini sezilarli darajada oshirdi. Shuningdek, ularning mustaqil ishlash ko‘nikmalari, mantiqiy fikrlash darajasi, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish qobiliyati hamda o‘quv motivatsiyasi an’anaviy usullarga nisbatan ancha yuqori bo‘ldi. Statistik tahlil natijalari (t-test va ANOVA) farqlarning ishonchli ekanligini tasdiqladi (p < 0.01). Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt texnologiyalarining fizika ta’limida samarali pedagogik vosita ekanligini ko‘rsatadi. Biroq ularni muvaffaqiyatli joriy etish uchun o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda metodik yondashuvlarni yangilash zarurligi ta’kidlanadi. SI texnologiyalari o‘qituvchini almashtiruvchi emas, balki uni qo‘llab-quvvatlovchi, ta’lim sifatini oshiruvchi strategik vosita sifatida xizmat qilishi lozim.
sun’iy intellekt, fizika fani, o‘qitish metodikasi, raqamli ta’lim, umumta’lim maktabi, interaktiv ta’lim, o‘quv samaradorligi
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.