Қўқон университети хабарномаси 18-том (2026) · 104-106-беттер
JALOLIDDIN DAVONIY QARASHLARIDA OILA VA USTOZNING AXLOQIY TARBIYADAGI O‘RNI
Raximova, Intizor, Masharipova, Durdona
Аннотация
Mazkur maqolada Jaloliddin Davoniy qarashlarida oila va ustozning axloqiy tarbiyadagi o‘rni chuqur tahlil etiladi. Unda mutafakkirning inson kamoloti, ma’naviy yetukligi va komil insonni shakllantirishdagi asosiy omillar haqidagi fikrlari yoritilgan. Ayniqsa, oilaning bola tarbiyasidagi birlamchi muhit sifatidagi ahamiyati alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Ota-ona namunasi, oiladagi muhit va munosabatlarning farzand axloqiga ta’siri keng ochib beriladi. Shu bilan birga, ustozning nafaqat bilim beruvchi, balki tarbiyachi sifatidagi o‘rni ham muhim omil sifatida talqin qilinadi. Davoniy ta’limotida ustoz shaxsining pokligi, bilimdonligi va odob-axloqi yosh avlod tarbiyasiga bevosita ta’sir etishi ta’kidlanadi. Maqolada axloqiy qadriyatlar, odob me’yorlari va ijtimoiy mas’uliyat tushunchalari Davoniy qarashlari asosida izohlanadi. Shuningdek, barkamol insonni tarbiyalashda oila va ta’lim muassasalari hamkorligining zarurligi ilmiy asosda asoslab beriladi. Tadqiqot davomida mutafakkir merosining bugungi kundagi dolzarbligi ham ochib beriladi. Uning qarashlari zamonaviy tarbiya tizimi bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Natijada, Davoniy ta’limotining yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashdagi o‘rni muhim ekani xulosa qilinadi.
axloqiy tarbiya, oila, ustoz, komil inson, tarbiya jarayoni, ma’naviy qadriyatlar, pedagogik meros, “Axloqi Jaloliy”, ijtimoiy muhit, shaxs kamoloti
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.