Қўқон университети хабарномаси Том 18 (2026) · с. 123-126
SOLIQ SIYOSATINING KICHIK BIZNES RIVOJIGA TA’SIRI
Turanboyev, Boburjon
Аннотация
Mazkur maqolada soliq siyosatining kichik biznes rivojiga ta’siri nazariy va tahliliy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida soliq yuklamasi darajasi, tadbirkorlik faolligi, investitsion imkoniyatlar hamda biznesning umumiy rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik kompleks yondashuv asosida tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, soliq yuklamasi va kichik biznes rivojlanishi o‘rtasida teskari U-shaklli bog‘liqlik mavjud bo‘lib, soliq stavkalarining optimal darajasi iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi, aksincha haddan tashqari yuqori yoki juda past darajalar rivojlanish samaradorligini pasaytiradi. Shuningdek, tadqiqotda kichik biznes rivoji faqat soliq stavkalari bilan emas, balki soliq ma’murchiligi sifati, institutsional qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy resurslarga kirish imkoniyati va umumiy biznes muhit bilan ham chambarchas bog‘liqligi asoslab berildi. Maqolada soliq yuklamasining optimal diapazonini aniqlash metodikasi, moslashuvchan soliq tizimini shakllantirish hamda norasmiy iqtisodiyotdan rasmiy sektorga o‘tishni rag‘batlantiruvchi soliq mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari kichik biznes subyektlarining raqobatbardoshligini oshirish, investitsion muhitni yaxshilash va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda samarali soliq siyosatini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.
kichik biznes, soliq siyosati, soliq yuk, soliq imtiyozlari, soddalashtirilgan soliq tizimi, soliq ma’murchiligi, raqobatbardoshlik, investitsiya, bandlik
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.