Қўқон университети хабарномаси Ҷилди 18 (2026) · Саҳифаҳои 127-129
EGRA DASTURI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING O‘QISH SAVODXONLIGIDAGI MUAMMOLARNI ANIQLASH VA BARTARAF ETISH
Davlatova, Saida
Аннотатсия
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligidagi muammolarni EGRA (Early Grade Reading Assessment) dasturi asosida aniqlash va ularni bartaraf etishning pedagogik yo‘llari yoritilgan. Tadqiqotda o‘quvchilarning harf-tovushni farqlashi, so‘zlarni to‘g‘ri va ravon o‘qishi, matnni tushunishi, mazmunni qayta ifodalashi hamda o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi diagnostik jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada EGRA dasturining diagnostik imkoniyatlari, shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuvni tanlashdagi ahamiyati va o‘qish savodxonligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar bayon etilgan. Shuningdek, o‘qituvchi uchun individual va guruhli intervensiyalarni rejalashtirish, so‘z boyligini kengaytirish, ravon o‘qish va mazmuniy tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
o‘qish savodxonligi, EGRA dasturi, diagnostika, pedagogik intervensiya, individual yondashuv, ravon o‘qish, matnni tushunish
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.