Қўқон университети хабарномаси 18-jild (2026) · 137-139-betlar
KOGNITIV TILSHUNOSLIKDA METAFORA KONSEPTUALIZATSIYA VOSITASI SIFATIDA: INGLIZ VA O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI TAJRIBASI
Mattiyev, Abdulaziz
Annotatsiya
Ushbu maqolada kognitiv tilshunoslikning fundamental masalalaridan biri — metaforaning dunyoni konseptualizatsiya qilishdagi o‘rni va uning kognitiv mexanizm sifatidagi tabiati ingliz va o‘zbek tillari misolida tadqiq etiladi. Tadqiqotda metaforaga anʼanaviy poetik trop yoki nutq bezagi emas, balki inson tafakkurini shakllantiruvchi va mavhum tushunchalarni (vaqt, sevgi, maqsad) aniq empirik tajriba orqali idrok etishga xizmat qiluvchi tizimli xaritalash (mapping) vositasi sifatida yondashiladi. Maqolada J. Lakoff, M. Jonson va Z. Koveches kabi olimlarning nazariy qarashlari, xususan, konseptual metafora nazariyasining shakllanishi, tasvir sxemalari, invarians prinsipi va konseptual integratsiya (blending) modellari atroflicha tahlil qilinadi. Muallif metaforik modellarning (tarkibiy, yo‘naltiruvchi, ontologik) universallik va milliy-madaniy variativlik xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish orqali, til egalari ongida shakllangan madaniy ssenariylarni ochib berishni maqsad qilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, metafora tahlili faqat formal o‘xshashlikni qayd etish emas, balki shaxsning amaliy tafakkurini yo‘naltiruvchi konseptual proyeksiyalarni o‘rganishni talab etadi. Maqola kognitiv tilshunoslik, qiyosiy tilshunoslik va madaniyatshunoslik yo‘nalishida izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun nazariy-metodologik manba bo‘lib xizmat qiladi.
Kognitiv tilshunoslik, konseptual metafora, manba domeni, maqsad domeni, kognitiv xaritalash, konseptualizatsiya, universallik, milliy-madaniy manzara, tasvir sxemasi, konseptual integratsiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.