Қўқон университети хабарномаси Том 18 (2026) · с. 143-146
KOXLEAR IMPLANTLI BOLALAR REABILITATSIYASI
Xamidova, Muborak
Аннотация
Ushbu maqolada koxlear implantli bolalarni reabilitatsiya qilish jarayoni, uning ilmiy-nazariy asoslari hamda amaliy pedagogik yondashuvlari yoritilgan. Koxlear implantatsiya og‘ir darajadagi eshitish nuqsoniga ega bolalarda eshitish sezgisini sun’iy ravishda tiklash imkonini beruvchi zamonaviy tibbiy-texnologik usul sifatida tahlil qilinadi. Maqolada implantatsiya jarayonining bosqichlari, ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar, shuningdek, implantdan keyingi eshituv va nutq reabilitatsiyasining ahamiyati batafsil bayon etiladi. Asosiy e’tibor koxlear implantli bolalarda eshituv idroki va nutqni rivojlantirish jarayoniga qaratilgan bo‘lib, bunda o‘yin faoliyatining pedagogik ahamiyati alohida ta’kidlanadi. O‘yinlar eshitish diqqatini shakllantirish, tovushlarni farqlash, nutqni tushunish hamda ekspressiv nutqni rivojlantirishning samarali vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, fonetik-fonematik, leksik-grammatik va bog‘langan nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan maxsus o‘yin texnologiyalari ilmiy asosda tahlil qilingan. Maqolada koxlear implantatsiya sharoitida nutqni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari, neyroplastiklik tamoyillari va eshituv-nutqiy ontogenez qonuniyatlari asosida korreksion ishlarning samarali yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, ota-onalar va pedagoglarning reabilitatsiya jarayonidagi ishtiroki muhim omil sifatida yoritiladi. Tadqiqot natijalari koxlear implantli bolalarning nutqiy rivojlanishini samarali qo‘llab-quvvatlashda o‘yin metodlarining yuqori ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Koxlear implant, reabilitatsiya, eshitish nuqsoni, eshituv idroki, nutqni rivojlantirish, o‘yin faoliyati, surdopedagogika, logopediya, fonematik idrok, ekspressiv nutq, neyroplastiklik, eshituv-nutqiy rivojlanish
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.