Қўқон университети хабарномаси Том 18 (2026) · с. 170-172
INGLIZ HAMDA O‘ZBEK SIYOSIY DISKURSIDA SHAXSNING GENDERGA OID O‘ZIGA XOSLIGI
Kenjayeva, Adolat
Аннотация
Maqola diskursiv va gender lingvistikasiga oid masalalarga qiziqishning ortib borishi natijasida ushbu ikki yo‘nalishni yagona ilmiy tadqiqot doirasida birlashtirish imkoniyatlarini yoritadi. Diskurs ijtimoiy-madaniy munosabatlarning ajralmas qismi sifatida talqin qilinib, jamiyatdagi har bir individning turli diskurs turlarida ishtirokchi sifatida namoyon bo‘lishi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotda gender lingvistikasining siyosiy va ijtimoiy nutqdagi o‘rni, shuningdek, shaxsning gender identiteti diskurs orqali qanday shakllanishi tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek siyosiy diskurslari misolida genderga oid markerlar, metaforalar va kommunikativ strategiyalar qiyosiy ko‘rib chiqiladi. Maqola lingvokulturologik hamda kognitiv yondashuvlar asosida gender va diskurs o‘zaro aloqasining ijtimoiy identitetni shakllantirishdagi ahamiyatini ochib beradi. Natijalar zamonaviy lingvistika va sotsiogumanitar tadqiqotlar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, gender va diskursiv tahlilning integratsiyasini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
gender, siyosiy diskurs, shaxs, ingliz va o‘zbek tillari, madaniy munosabatlar.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.