Қўқон университети хабарномаси 18-том (2026) · 176-178-беттер
LAYLO XONIM HAMID AFANDI QIZI ADABIY MEROSI
Abduqaxxorova, Farzona
Аңдатпа
Ushbu maqolada hozirgi kunda matnshunoslik sohasida olib borilayotgan tadqiqotlardan biri haqida so‘z yuritiladi. Laylo xonim Hamid Afandi qizi hayoti va ijodiy faoliyati haqidagi izlanishlarning bir qismi o‘rganildi va ma’lum bir natijalar olindi. Uning hozirgi kunda Abu Rayxon Beruniy nomidagi qo‘lyozmalar institutida saqlanayotgan ikki devoni aniqlandi. Bu devonlar Xorazm adabiy muhiti bilan bog‘liqligi, Muhammad Rahimxon davrida ko‘chirilgan nusxalar ekanligi aniqlandi. Devondagi she’rlar tasnifi qisqacha berildi. Mazkur tadqiqot Laylo xonim Hamid Afandi qizining adabiy merosini matnshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, unda shoira devonlarining qo‘lyozma nusxalari, ularning yaratilish davri, tarkibi va janriy xususiyatlari ilmiy asosda o‘rganiladi. Tadqiqot natijasida Laylo ijodining Xorazm adabiy muhitidagi o‘rni, uning boshqa shoirlar bilan adabiy aloqalari hamda devon tuzish an’analari bilan bog‘liqligi yoritib beriladi. Shuningdek, qo‘lyozmalarning paleografik va kodikologik jihatlari ham qisqacha tavsiflanib, ularning ilmiy va madaniy ahamiyati asoslab beriladi.
Muhammad Rahimxon, adabiy muhit, devon, nusxa, “Basmala”, janr, g‘azal, mustazod
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.