Қўқон университети хабарномаси 18-jild (2026) · 186-188-betlar
KOMMUNIKATIV GRAMMATIKA TUSHUNCHASI VA UNING LINGVODIDAKTIK IMKONIYATLARI
Tursunov, Humoyun
Annotatsiya
Mazkur maqolada kommunikativ grammatika tushunchasining nazariy mohiyati hamda uning lingvodidaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kommunikativ grammatika an’anaviy grammatika o‘qitishdan farqli ravishda til birliklarini real muloqot jarayonida funksional qo‘llashga yo‘naltirilgan yondashuv sifatida talqin etiladi. Maqolada grammatik bilimlarni kommunikativ vazifalar bilan integratsiyalash, nutq faoliyatining barcha turlarini rivojlantirish hamda o‘quvchilarning muloqot kompetensiyasini shakllantirishdagi o‘rni asoslab beriladi. Shuningdek, kommunikativ grammatikaning lingvodidaktik imkoniyatlari — interaktiv metodlar, vaziyatli topshiriqlar, dialog va monolog mashqlari, hamda raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilgan holda qo‘llanishi yoritiladi. Tadqiqot tizimli, kompetensiyaviy va kommunikativ yondashuvlar asosida olib borildi. Natijalar kommunikativ grammatika asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning til birliklarini amaliy qo‘llash qobiliyatini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi.
kommunikativ grammatika, lingvodidaktika, kommunikativ yondashuv, grammatika o‘qitish metodikasi, muloqot kompetensiyasi, interaktiv metodlar, nutq faoliyati, vaziyatli topshiriqlar, til o‘qitish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.