Қўқон университети хабарномаси 18-jild (2026) · 202-203-betlar
ALEKSANDR XODZKO TARJIMASIDA MILLIYLIK VA ASLIYATNING SAQLANISHI (“Go‘ro‘g‘li va Parizodabegim” dostoni misolida)
Sariyeva, Rahimabonu
Annotatsiya
Ushbu maqolada Aleksandr Xodzkoning 1842-yilda Londonda nashr etilgan “Specimens of the Popular Poetry of Persia” to‘plamidagi “Go‘ro‘g‘li” turkumi tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida “Go‘ro‘g‘li va Parizodabegim” dostoni tanlangan bo‘lib, undagi milliy kolorit, etnografik realliklar va badiiy asliyatning ingliz tiliga transferi masalalari qiyosiy-tarixiy tamoyillar asosida o‘rganiladi. Maqolada tarjimonning turkiy epos tabiatini G‘arb kitobxoniga yetkazishdagi o‘ziga xos yondashuvlari va ekvivalentlik darajasi ilmiy asoslangan. Shuningdek, doston matnida uchraydigan folklor unsurlari, milliy urf-odatlar, obrazlar tizimi hamda poetik ifoda vositalarining ingliz tilidagi talqini tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ayrim realiyalar va madaniy birliklarning tarjimada semantik torayish, ma’no kengayishi yoki qisman transformatsiyaga uchragani aniqlanadi. Muallif tomonidan Xodzko tarjimasining XIX asr Sharqshunoslik an’analari doirasidagi o‘rni, uning Yevropa kitobxonida turkiy xalqlar og‘zaki ijodiga nisbatan qiziqish uyg‘otishdagi ahamiyati ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari badiiy tarjima nazariyasi, folklorshunoslik hamda qiyosiy adabiyotshunoslik yo‘nalishlarida muhim ilmiy manba sifatida xizmat qiladi.
A.Xodzko, Go‘ro‘g‘li, Parizodabegim, milliy kolorit, badiiy asliyat, epos, tarjimashunoslik, lingvofolkloristika
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.