Қўқон университети хабарномаси Ҷилди 18 (2026) · Саҳифаҳои 231-233
Zamonaviy Raqamli Platformalar Asosida Talabalarning Robototexnika Bo‘yicha Amaliy Kompetensiyalarini Rivojlantirish
Haydarova, Kamolaxon
Аннотатсия
Ushbu maqolada zamonaviy kasblardan biri bo‘lgan “Robototexnika” sohasini o‘qitishdagi muammo va kamchiliklar o‘rganilgan. Ayniqsa bazaviy bilim darajasi elektronika va sxematexnika sohalaridan farq qiluvchi “Kompyuter injiniringi”, “Dasturiy injiniringi”, “Sun’iy intellekt” soha vakillarida o‘qitiladigan robototexnika fani talabalarda zerikishni va tushunmovchilikni keltirib chiqaradi. Shu boisdan ta’lim berilayotgan yo‘nalishi IT mutaxassisi bo‘lgan talabalarga “Robototexnika” sohasini o‘rgatishda turli metodlardan foydalangan holda tadqiqot olib borildi. Mazkur tadqiqotda Qo‘qon universitetining 3-bosqich talabalarida robototexnika fanini o‘qitishda turli platformalarning samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqotda 24 nafar talaba ishtirok etdi va ular uch xil ta’lim platformasi — stol kompyuter (desktop), Arduino mikrokontrolleri (plata) asosidagi elektronika qurilmalar, hamda “Robototexnika va qurilmalar” nomli elektron platforma orqali bilim oldilar. Tadqiqot davomida talabalarining emotsional jalb qilinishi, o‘quv motivatsiyasi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish darajasi tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, jismoniy qurilmalar va interaktiv elektron platformalardan foydalanish talabalar faolligini oshiradi va ularning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari IT mutahassisligidagi talabalarni Robototexnika sohasida o‘qitishda amaliy va nazariy bilimlarni berishda platformalarning integratsiyalashgan holatda qo‘llanilishi zarurligini asoslaydi.
robototexnika taʼlimiArduinoraqamli taʼlimelektron ta’lim platformasi“Robototexnika va qurilmalar”dasturlash ko‘nikmalariamaliy kompetensiyaTinkerCADWokwiSTEM taʼlimi
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.