Қўқон университети хабарномаси Volume 18 (2026) · pp. 267-271
RAQAMLI IQTISODIYOTDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK (DXSH) LOYIHALARINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH UCHUN MATEMATIK MODELLASHTIRISH
Sabirov, Xasan
Abstract
Ushbu tadqiqotda raqamli iqtisodiyot sharoitida davlat–xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarining samaradorligini baholash uchun integratsion matematik model ishlab chiqilgan. Modelda samaradorlik funksiyasi E = f(I, R, T, S) shaklida aniqlangan bo‘lib, bunda I – investitsiya parametrlari, R – raqamli risk omillari, T – vaqt dinamikasi va S – ijtimoiy natijalarni ifodalaydi. AHP–TOPSIS integratsiyasi va Monte–Karlo simulyatsiyasi (N = 10 000) qo‘llanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, raqamli risklar loyiha samaradorligini deyarli 35,2% ga kamaytiradi, loyihaning ijobiy samaradorlikka erishish ehtimolligi esa 82,0% ni tashkil etadi. Shuningdek, tadqiqotda ishlab chiqilgan modelning amaliy qo‘llanish imkoniyatlari ham tahlil qilingan. Xususan, model davlat–xususiy sheriklik loyihalarini tanlash, ustuvor yo‘nalishlarni belgilash hamda investitsion qarorlar qabul qilish jarayonida samarali vosita sifatida xizmat qilishi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq xavf omillarini oldindan baholash va ularni minimallashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, modelning moslashuvchanligi turli iqtisodiy sharoitlar va tarmoqlarga tatbiq etish imkonini beradi. Tadqiqot yakunida raqamli iqtisodiyot sharoitida DXSh loyihalarining barqarorligini oshirish uchun risklarni boshqarish, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash hamda innovatsion boshqaruv mexanizmlarini joriy etish zarurligi ta’kidlangan. Mazkur integratsion yondashuv iqtisodiy samaradorlikni oshirish bilan birga, ijtimoiy foyda va uzoq muddatli barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilishi qayd etilgan.
Raqamli iqtisodiyot, davlat–xususiy sheriklik, matematik model, samaradorlikni baholash, risklarni boshqarish, AHP–TOPSIS, Monte–Karlo simulyatsiyasi
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.