Қўқон университети хабарномаси Volume 18 (2026) · pp. 279-281
AKMEIZM VA ZAMONAVIY O‘ZBEK SHE’RIYATI TAFAKKURI: ANNA AXMATOVA HAMDA ZULFIYA MO‘MINOVA IJODIDA BADIIY MUSHTARAKLIK
Ismoilova, Sharofat
Abstract
Ushbu maqolada XX asrda rus she’riyatida paydo bo‘lgan akmeizm oqimining nazariy asoslari, adabiy oqimning yetuk namoyondalaridan biri bo‘lgan Anna Axmatova she’riyatidagi ruhiyat va Zulfiya Mo‘minova ijodidagi mushtarak va farqli jihatlar haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, ikki ijodkor ayol she’riyati qiyosiy adabiyotshunoslik tamoyillari asosida o‘rganilib, ayol ruhiyatining tasviri, badiiy o‘xshashliklar, ichki monolog poetikasi ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, ikki ijodkor qalamiga mansub ayrim she’riy parchalar badiiy tahlilga tortildi. Ularda ayol obrazining ifodalanishi, akmeizm va zamonaviy o‘zbek she’riyatining ifoda tafakkuri atroflicha o‘rganib chiqildi. Xulosa qilib aytganda, ikki ijodkor ham ilmiy nuqtayi nazardan kam o‘rganilgan va tadqiqot uchun yetarli asosga ega ijodiy salohiyat sohiblaridir. Ayniqsa, bugungi ijtimoiy jarayonlarda ayol ijodkorlar, ayolning ruhiy va ichki olamini o‘rganish ilmiy tdqiqotlar uchun muhim omil bo‘la oladi.
Akmeizm, badiiy tafakkur, qiyosiy adabiyotshunoslik, ayol ruhiyati tasviri, badiiy mushtaraklik, lirika, lirik qahramon
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.