Қўқон университети хабарномаси 18-том (2026) · 15-17-беттер
HOZIRGI GLOBALLASHUV DAVRIDA BO‘LG‘USI PEDAGOGLARNI TAYYORLASHDA MILLIY TARBIYANING O‘ZIGA XOS TOMONLARI
Haydarova, Marg‘uba
Аннотация
Mazkur maqolada globallashuv jarayonlari sharoitida bo‘lajak pedagoglarni tayyorlashda milliy tarbiyaning o‘rni, ahamiyati hamda o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, ma’naviy meros va pedagogik an’analarni zamonaviy ta’lim tizimiga integratsiya qilish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda milliy tarbiyaning ta’siri, uning yoshlar ongida milliy identifikatsiyani mustahkamlashdagi roli ochib berilgan. Maqolada globallashuv sharoitida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashning pedagogik mexanizmlari ham ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada milliy tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda interaktiv metodlardan foydalanish imkoniyatlari ham yoritiladi. Milliy tarbiya asosida shakllantirilgan pedagogik yondashuv talabalarning tanqidiy fikrlashi, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslab beriladi. Bundan tashqari, globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni saqlash va uni pedagogik jarayonda samarali qo‘llash masalalari ham ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.
: globallashuv, milliy tarbiya, pedagog tayyorlash, milliy qadriyatlar, ma’naviyat, kompetentlik, ta’lim tizimi, tarbiya jarayoni
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.