Қўқон университети хабарномаси Том 18 (2026) · с. 29-31
“INFORMATIKA FANINING NAZARIY ASOSLARI” FANINI O‘QITISHDA INTERAKTIV O‘QITISHNING SAMARADORLIGI
Abdullayev, Nozimjon
Аннотация
Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida “Informatika fanining nazariy asoslari” fanini o‘qitishda interaktiv ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari, ularning ta’lim sifati va talabalarning bilim olish jarayoniga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Zamonaviy raqamli ta’lim muhitida interaktiv platformalar, multimedia vositalari, virtual muloqot tizimlari hamda hamkorlikka asoslangan o‘qitish metodlarining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, interaktiv ta’limning an’anaviy elektron ta’limdan farqli jihatlari, talabalarning mustaqil fikrlashi, muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalari va amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni ochib berilgan. Maqolada interaktiv o‘qitishning dialogga asoslangan muloqot, raqamli o‘quv muhiti bilan o‘zaro ta’sir va jismoniy hamkorlik shakllari misollar asosida izohlangan. Informatika fanining nazariy asoslarini o‘zlashtirishda interaktiv metodlardan foydalanish talabalarning motivatsiyasi, bilimlarni eslab qolish darajasi va o‘quv jarayonidagi faolligini oshirishi asoslab berilgan. Shu bilan birga, sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalar asosidagi interaktiv ta’lim vositalarining istiqbollari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida informatika fanini o‘qitishda interaktiv yondashuvlarni keng qo‘llash ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omili ekanligi yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
informatika fanining nazariy asoslari, interaktiv, hamkorlik, talabalar mustaqil faoliyati, interaktiv yondashuv, raqamli texnologiya
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.