Қўқон университети хабарномаси 18-том (2026) · 53-55-беттер
KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANING TARKIBIY KOMPONENTLARI VA ULARNI RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVLAR
Isaboyeva, Dilyora
Аңдатпа
Mazkur maqolada o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonida integrativ metodlardan foydalanish samaradorligini oshirishning nazariy asoslari tahlil qilindi. Kommunikativ kompetensiyaning asosiy tarkibiy qismlari — motivatsion, intellektual, faoliyat va refleksiv komponentlar ilmiy jihatdan yoritilib, ularni shakllantirishda integrativ yondashuvlarning pedagogik ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalari va interfaol metodlarning o‘rni alohida e’tiborga olinadi. Integrativ yondashuvlar o‘quv jarayonini nafaqat bilim berishga, balki shaxsning mustaqil fikrlash, hamkorlikda ishlash va o‘z fikrini aniq hamda mantiqiy ifodalash qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltiradi. Bundan tashqari, integratsion ta’lim muhitida o‘quvchilarning ijodiy faolligi va kommunikativ tashabbuskorligi ortib borishi, ularning ijtimoiy va akademik muloqotga kirishish salohiyati kengayishi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kommunikativ kompetensiyaning har bir komponenti o‘zaro uzviy bog‘liq holda rivojlantirilganda ta’lim samaradorligi sezilarli darajada oshadi hamda o‘quvchilarda barqaror kommunikativ ko‘nikmalar shakllanadi. Shu bois integrativ metodlar zamonaviy pedagogik amaliyotda kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning muhim didaktik vositasi sifatida qaraladi va ta’lim sifatini oshirishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
kommunikativ kompetensiya, integrativ metodlar, intellektual komponent, motivatsion komponent, faoliyat komponenti, refleksiv komponent, integratsiya
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.