Қўқон университети хабарномаси Том 17 (2026) · с. 299-300
ARXAIK TASAVVURLARDA INSON VA JISMONIY KAMOLOT
Ergashev, Shahboz
Аннотация
Mazkur maqolada o‘zbek xalqining arxaik dunyoqarashi, mifologik tasavvurlari va xalq og‘zaki ijodidagi jismoniy kamolot konsepsiyasi tarixiy-pedagogik va adabiy-madaniy tahlil asosida o‘rganilgan. Zardushtiylik, islom dini va sufiylik ta’limotlaridan tortib Alisher Navoiyning «Komil inson» g‘oyasigacha bo‘lgan tafakkur silsilasi jismoniy tarbiya g‘oyalarining evolyusiyasi nuqtai nazaridan tadqiq etilgan. Maqolada jismoniy kamolot tasavvurlarining pedagogik tizimlashtirilishi va ularning badiiy matnlarda mujassamlashuv mexanizmlari aniqlangan. Shuningdek, maqolada xalq dostonlari, afsona va rivoyatlarda jismoniy barkamollik timsollarining aks etishi hamda ularning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni tahlil qilingan. Qahramonlik obrazlari orqali kuch, epchillik, matonat va iroda kabi jismoniy hamda ma’naviy fazilatlarning uyg‘un holda talqin etilishi ochib berilgan. Alisher Navoiyning “komil inson” haqidagi qarashlari asosida insonning nafaqat ma’naviy, balki jismoniy jihatdan ham mukammal bo‘lishi zarurligi yoritilgan. Tadqiqot davomida xalq pedagogikasi namunalarida jismoniy tarbiyaning mehnat, harbiy tayyorgarlik va axloqiy kamolot bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslangan. Maqola natijalari o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy merosida jismoniy kamolot g‘oyalarining shakllanish bosqichlarini aniqlash, ularning pedagogik ahamiyatini baholash hamda zamonaviy jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirishda xalq pedagogikasi tajribalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini yoritishga xizmat qiladi.
arxaik tasavvurlar, jismoniy kamolot, pedagogik ta’limotlar tarixi, o‘zbek xalq pedagogikasi, badiiy ifoda, «komil inson», Zardushtiylik, sufiylik, xalq og‘zaki ijodi, epik an’ana, jismoniy tarbiya tarixi
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.