Қўқон университети хабарномаси Volume 18 (2026) · pp. 56-58

TOG‘AY MUROD ROMANLARIDA METAFORA

Kabuljonova, Gulbaxor

Read at source PDF

Abstract

Maqolada Tog‘ay Murod romanlaridagi metaforik ko‘chimlar semantik va lingvopoetik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida “Otamdan qolgan dalalar” va “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” romanlaridan tanlangan misollar olindi. Maqolada metaforalarning antropomorfik, zoomorfik, fitomorfik, kosmomorfik va abiomorfik turlari, shuningdek, sinestetik hamda gidromorfik ko‘rinishlari ajratilib, ularning obraz yaratish, ruhiy holatni kuchaytirish, ijtimoiy baho berish va muallif idiostilini namoyon etishdagi roli ochib beriladi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, Tog‘ay Murod metaforani tayyor bezak sifatida emas, balki voqelikni milliy tasavvur va individual nutq orqali qayta quruvchi poetik mexanizm sifatida ishlatadi. Ayniqsa, adib qo‘llagan metaforalarda inson ruhiyati, milliy sha’n va ichki tug‘yonni ifodalashda o‘ziga xos okkazional metaforalar yaratilganligi kuzatiladi. Maqola natijalari yozuvchi tilining obrazlilik tabiatini aniqroq ko‘rsatish va badiiy matnning lingvopoetik talqinini chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, yozuvchi tilining obrazlilik tabiatini aniqroq ko‘rsatish va badiiy matnning lingvopoetik talqinini chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek badiiy matnlarida metaforik ko‘chimlarning semantik-struktur xususiyatlarini aniqlash, muallifning individual uslubini tavsiflash hamda zamonaviy lingvopoetik tadqiqotlarni boyitish uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda metaforalarning kontekstual faolligi hamda ularning badiiy-estetik ta’sir kuchi Tog‘ay Murod ijodi misolida yoritilib, adibning metafora yaratish mahorati o‘ziga xos poetik tafakkur mahsuli ekanligi asoslab beriladi.

metafora, metaforik ko‘chim, lingvopoetika, idiostil, Tog‘ay Murod, antropomorfik metafora, sinestetik metafora, gidromorfik metafora

Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.

Cite

APA 7
Kabuljonova, Gulbaxor (2026). TOG‘AY MUROD ROMANLARIDA METAFORA. Қўқон университети хабарномаси, 18, 56-58.
GOST R 7.0.5
Kabuljonova, Gulbaxor TOG‘AY MUROD ROMANLARIDA METAFORA // Қўқон университети хабарномаси. 2026. Т. 18. С. 56-58.
BibTeX
@article{gulbaxor2026,
  author  = {Kabuljonova, Gulbaxor},
  title   = {TOG‘AY MUROD ROMANLARIDA METAFORA},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year    = {2026},
  volume  = {18},
  pages   = {56-58}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Kabuljonova, Gulbaxor
TI  - TOG‘AY MUROD ROMANLARIDA METAFORA
JO  - Қўқон университети хабарномаси
PY  - 2026
VL  - 18
SP  - 56
EP  - 58
ER  -