Қўқон университети хабарномаси Том 18 (2026) · с. 87-90
TA’LIM JARAYONIDA O‘QITUVCHI–O‘QUVCHI MULOQOTI ASOSIDA REFLEKSIV KOMPETENSIYANING RIVOJLANISHI
Davletova, Xosiyat
Аннотация
Mazkur ilmiy maqolada ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi pedagogik muloqot asosida refleksiv kompetensiyaning rivojlanish jarayoni kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda refleksiya tushunchasining nazariy asoslari, uning pedagogik va psixologik mazmuni, shuningdek, refleksiv kompetensiyaning tarkibiy komponentlari (kognitiv, motivatsion va faoliyatga oid jihatlari) yoritilgan. Maqolada o‘qituvchi-o‘quvchi o‘rtasidagi samarali muloqot refleksiv kompetensiyani shakllantirishning muhim omili sifatida asoslab beriladi. Pedagogik muloqot jarayonida o‘quvchilarning o‘z faoliyatini tahlil qilish, baholash va o‘z-o‘zini rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari ochib berilgan. Mazkur tadqiqotda refleksiv kompetensiyani rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, metodik imkoniyatlari va samarali mexanizmlari aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ochiq va ishonchli pedagogik muloqot muhiti, interfaol metodlardan foydalanish, muammoli vaziyatlarni yaratish hamda muntazam teskari aloqa refleksiv kompetensiyaning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholash va o‘zaro baholash faoliyatiga jalb etilishi ularda tanqidiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish va o‘z faoliyatini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonida refleksiv yondashuvga asoslangan pedagogik muloqotni tashkil etish o‘quvchilarning shaxsiy va intellektual rivojlanishini ta’minlovchi muhim omillardan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Refleksiya, refleksiv kompetensiya, pedagogik muloqot, ta’lim jarayoni, o‘qituvchi, refleksiv faoliyat, interfaol metodlar, muammoli ta’lim, teskari aloqa (feedback), o‘z-o‘zini baholash, refleksiv muhit, pedagogik hamkorlik
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.