Қўқон университети хабарномаси 18-jild (2026) · 103-105-betlar
JISMONIY TARBIYA MASHG‘ULOTIDA O‘YIN VA MUSOBAQA METODLARIDAN FOYDALANISHNING DIDAKTIK ASOSLARI VA TA’LIMIY AHAMIYATI
Ergashev, Yaxyo
Annotatsiya
Ushbu maqolada jismoniy tarbiya jarayonida musobaqa metodining nazariy va amaliy asoslari o‘rganilgan. Musobaqa metodining talabalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish, motivatsiyani oshirish, raqobatbardoshlik va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, metodning pedagogik va psixologik xususiyatlari hamda uni ta’lim jarayonida samarali qo‘llash yo‘llari yoritilgan. Tadqiqotda o‘yin va musobaqa metodlarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridagi didaktik imkoniyatlari, ularning ta’lim oluvchilarning bilish faolligi, mustaqil fikrlashi hamda kasbiy-amaliy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil etilgan. O‘yin va musobaqa faoliyatining pedagogik-psixologik mexanizmlari asosida talabalarda jamoada ishlash, liderlik, kommunikativlik, refleksiv fikrlash va strategik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, mazkur metodlarning jismoniy sifatlarni kompleks rivojlantirish, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish hamda bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi didaktik ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etishda o‘yin va musobaqa metodlarining o‘zaro integratsiyalashgan holda qo‘llanishi talabalarning harakat faolligini oshirish, o‘quv materialini samarali o‘zlashtirish hamda ta’lim jarayonining interaktivligini ta’minlashdagi ahamiyati ochib berilgan. O‘yin va musobaqa faoliyatlari orqali ta’lim oluvchilarda tashabbuskorlik, mas’uliyatlilik, ijtimoiy moslashuvchanlik va sog‘lom turmush tarziga oid qadriyatlarni shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan.
jismoniy tarbiya, musobaqa metodi, pedagogik texnologiya, motivatsiya, raqobat, jismoniy sifatlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.