Қўқон университети хабарномаси 18-том (2026) · 135-138-беттер
ESTETIK KOSMETOLOGIYA JARAYONIDA QO‘LLANILADIGAN MEHNAT QUROLLARI TERMINOLOGIYASINING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Atamuratova, Nazokat
Аннотация
Ushbu maqolada estetik kosmetologiya jarayonida qo‘llaniladigan mehnat qurollari terminologiyasining leksik-semantik xususiyatlari o‘rganiladi. Kosmetologiya sohasi zamonaviy texnologiyalar, maxsus asbob-uskunalar, diagnostik vositalar va parvarish qurilmalarining jadal rivojlanishi bilan tavsiflanib, bu jarayon terminologik tizimning muntazam ravishda kengayib borishiga sabab bo‘lmoqda. Tadqiqotda kosmetologik mehnat qurollarini ifodalovchi terminlarning semantik tuzilishi, nominativ xususiyatlari, kelib chiqish manbalari, terminologik maqomi hamda kasbiy nutqdagi funksional ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, terminlarning umumiste’mol leksikasidan terminlashish jarayoni, semantik torayish va maxsuslashuv hodisalari, xalqaro terminlarning o‘zbek tilidagi qo‘llanish xususiyatlari ham yoritiladi. Kosmetologiya amaliyotida keng qo‘llaniladigan pinset, spatula, dermatoskop, mezoroller, sterilizator, kosmetologik lupa, lazer apparati, vakuum apparati, ultratovush apparati kabi birliklarning ma’no tarkibi va funksional-semantik belgilari tavsiflanadi. Terminlarning qo‘l asboblari, diagnostik vositalar, apparatli muolaja qurilmalari, gigiyenik-xavfsizlik vositalari va yordamchi jihozlar kabi semantik guruhlarga mansubligi aniqlanadi. Kosmetologik terminlarning aksariyatida predmetning tashqi shaklidan ko‘ra uning vazifasi, ishlash prinsipi va qo‘llanish sohasi asosiy nominativ belgi sifatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Estetik kosmetologiya terminologiyasining milliy va xalqaro qatlamlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar hamda terminlarning kasbiy kommunikatsiyadagi o‘rni yoritiladi. Mazkur tadqiqot kosmetologik terminlarni tizimlashtirish, ularning o‘zbek tilidagi me’yoriy qo‘llanishini takomillashtirish va kasbiy ta’lim jarayonida samarali foydalanish masalalariga oid ilmiy qarashlarni boyitishga xizmat qiladi.
estetik kosmetologiya, terminologiya, mehnat qurollari, leksik-semantik xususiyat, kosmetologik termin, asbob-uskunalar, o‘zlashma terminlar, semantik guruh, kasbiy leksika.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.