Қўқон университети хабарномаси Том 18 (2026) · с. 158-160
MADANIY TURIZMNING NAZARIY ASOSLARI HAMDA HUDUDLARNING IJTMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Ruziyev, Shohruzbek
Аннотация
Ushbu ilmiy maqolada madaniy turizmning nazariy-uslubiy asoslari hamda uning hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni transformatsiya qilishdagi roli har tomonlama tadqiq etilgan. Zamonaviy iqtisodiyotda madaniy meros obyektlari nafaqat ma’naviy qadriyat, balki hududlarning raqobatbardoshligini oshiruvchi va barqaror rivojlanishini ta’minlovchi strategik iqtisodiy resurs sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqot doirasida madaniy turizmning multiplikativ samarasi, uning mahalliy aholi bandligini ta’minlash, infratuzilmani modernizatsiya qilish va hududiy yalpi mahsulot hajmini oshirishdagi ta’siri miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari asosida tahlil qilingan. Tahlillar natijasida madaniy turizm resurslaridan samarali foydalanish modelini shakllantirish, tarmoqlararo bog‘liqlikni kuchaytirish va diversifikatsiyalashgan turizm mahsulotlarini yaratish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada keltirilgan xulosalar hududiy rivojlanish strategiyalarini belgilashda va turizm sohasidagi davlat siyosatini samarali tashkil etishda amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.
madaniy turizm, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, multiplikator samarasi, hududiy infratuzilma, madaniy meros, barqaror iqtisodiyot, diversifikatsiya
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.