Қўқон университети хабарномаси 18-том (2026) · 168-172-беттер

ALISHER NAVOIY LIRIKASIDA DUNYO OBRAZINING RAMZIY-STRUKTURAVIY MODELI

Xujayeva, Shoiraxon

Дереккөзден оқу PDF

Аңдатпа

Ushbu maqola Alisher Navoiy lirikasida dunyo bilan bog‘liq ramzlar hamda ularning tasavvufiy-badiiy vazifasini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Tadqiqot obyekti sifatida shoirning “Jahon qasrig‘adur suv uzra bunyod…” misrasi bilan boshlanuvchi tarje’bandi tanlangan. Maqolada mazkur asarda dunyo obrazining ko‘p qatlamli ramzlar tizimi asosida shakllantirilgani hamda uning tasavvufiy-falsafiy mazmun bilan uyg‘un holda badiiy talqin etilgani yoritiladi. Tahlil jarayonida dunyo bilan bog‘liq ramzlarning semantik mohiyati, ularning poetik g‘oyani ifodalashdagi funksiyasi hamda asar kompozitsiyasidagi o‘rni ilmiy asosda ochib beriladi. Tadqiqotda lingvopoetik, germenevtik hamda tarixiy-madaniy yondashuvlardan foydalanilgan. Maqola natijasida Navoiy dunyo obrazini oddiy poetik tasvir darajasida emas, balki bosqichma-bosqich ochiluvchi falsafiy-badiiy konstruksiya sifatida talqin etgani asoslab beriladi. Shuningdek, ramzlarning asardagi g‘oyaviy yaxlitlikni ta’minlash va tasavvufiy tafakkurni ifodalashdagi funksiyasi ko‘rsatib o‘tiladi.

ramz, badiiy obraz, dunyo obrazi, tasavvufiy talqin, badiiy konsepsiya, tarje’band, badiiy tasvir vositalari, model

Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.

Дәйексөз алу

APA 7
Xujayeva, Shoiraxon (2026). ALISHER NAVOIY LIRIKASIDA DUNYO OBRAZINING RAMZIY-STRUKTURAVIY MODELI. Қўқон университети хабарномаси, 18, 168-172.
GOST R 7.0.5
Xujayeva, Shoiraxon ALISHER NAVOIY LIRIKASIDA DUNYO OBRAZINING RAMZIY-STRUKTURAVIY MODELI // Қўқон университети хабарномаси. 2026. Т. 18. С. 168-172.
BibTeX
@article{shoiraxon2026,
  author  = {Xujayeva, Shoiraxon},
  title   = {ALISHER NAVOIY LIRIKASIDA DUNYO OBRAZINING RAMZIY-STRUKTURAVIY MODELI},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year    = {2026},
  volume  = {18},
  pages   = {168-172}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Xujayeva, Shoiraxon
TI  - ALISHER NAVOIY LIRIKASIDA DUNYO OBRAZINING RAMZIY-STRUKTURAVIY MODELI
JO  - Қўқон университети хабарномаси
PY  - 2026
VL  - 18
SP  - 168
EP  - 172
ER  -