Қўқон университети хабарномаси Ҷилди 18 (2026) · Саҳифаҳои 173-176
TABIBIY LIRIKASIDA IJTIMOIY MASALALAR
Asqarov, Dilmurod
Аннотатсия
Mazkur maqolada Ahmad Tabibiy lirikasida ijtimoiy masalalarning badiiy ifodasi, shoir ijodidagi mavzuviy ko‘lam va g‘oyaviy yo‘nalishlarning evolyutsiyasi adabiyotshunoslikning zamonaviy yondashuvlari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Tabibiy devonlarida uchraydigan ijtimoiy-falsafiy mazmunning ishqiy, diniy-tasavvufiy va ma’rifiy qatlamlar bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rsatib berilgan bo‘lib, shoir ijodining ko‘p qatlamli poetik tizim sifatida shakllanganligi asoslanadi. Maqolada Tabibiy lirikasining tarixiy-adabiy konteksti ham yoritilib, uning yashagan davridagi ijtimoiy muhit, jamiyatdagi adolatsizlik, ma’naviy inqiroz va axloqiy tanazzul kabi omillar shoir badiiy tafakkuriga qanday ta’sir ko‘rsatgani ochib beriladi. Shu asosda “falak”, “dahr”, “zamon” kabi ramziy obrazlar orqali ifodalangan dunyoqarashning ijtimoiy-falsafiy mohiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, Tabibiy ijodiga nisbatan shakllangan turli ilmiy qarashlar qiyosiy tahlil qilinib, F. G‘anixo‘jayevning an’anaviy ishqiy talqinlari hamda Sh. Amonovning ko‘p qatlamli tasnifiy yondashuvi o‘rtasidagi metodologik farqlar yoritiladi. Natijada shoir lirikasini faqat ishqiy doirada emas, balki ijtimoiy ong, falsafiy mushohada va ma’naviy tanqid uyg‘unligida o‘rganish zarurligi asoslab beriladi. Maqolada Tabibiy muxammaslarining ijtimoiy-falsafiy mazmundagi o‘rni alohida ta’kidlanib, ularda inson taqdiri, sabr-toqat, ma’rifat va jaholat qarama-qarshiligi hamda jamiyatdagi axloqiy muammolar badiiy ramzlar orqali ifodalangani ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, shoirning g‘azal va muxammaslarida qo‘llangan metafora, antiteza va ramziy obrazlar tizimi uning poetik tafakkurining murakkabligini namoyon etadi. Ahmad Tabibiy ijodi o‘z davrining ijtimoiy-madaniy hayotini aks ettiruvchi muhim adabiy manba bo‘lib, u mumtoz o‘zbek lirikasida ijtimoiy-falsafiy tafakkur rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan. Uning ijodini kompleks va interdisiplinar yondashuv asosida o‘rganish mumtoz adabiyotning g‘oyaviy-estetik imkoniyatlarini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
Ahmad Tabibiy, mumtoz lirika, ijtimoiy masalalar, ijtimoiy-falsafiy tafakkur, devon, muxammas, g‘azal, ramziy obrazlar, falak motivi, dahr falsafasi, axloqiy tanqid, ma’rifat va jaholat
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.