Қўқон университети хабарномаси Том 18 (2026) · с. 70-72

INGLIZ TILI GIDROMETEOROLOGIYA TERMINOLOGIYASIDA АНТONIMIYA: STRUKTURAVIY, SEMANTIK VA KOGNITIV JIHATLAR

Qurbonova, Ozoda

Читать на сайте источника PDF

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz tili gidrometeorologik terminologiyasida antonimiya (qarama-qarshilik) hodisasi, uning strukturaviy-semantik tabiati va kognitiv xususiyatlari tadqiq etiladi. Gidrometeorologiya dinamik va doimo o‘zgaruvchan tabiiy jarayonlarni o‘rganishi sababli, uning terminlar tizimida antonimik juftliklar (masalan, inflow/outflow, condensation/evaporation) muhim o‘rin tutadi. Maqolada ushbu terminlar leksik-morfologik (prefiksli antonimlar) va semantik (binar, gradual, vektor-yo‘nalishli) jihatdan tasniflanadi hamda ularning tabiatdagi jismoniy muvozanat (massa va energiya balansi) qonuniyatlarini ifodalashdagi roli ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari gidrometeorologiyaga oid ilmiy matnlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish samaradorligini oshirish va ikki tilli sohaviy lug‘atlarni tizimlashtirishda amaliy ahamiyatga ega. Mazkur tadqiqot doirasida gidrometeorologik terminologiyada antonimiya hodisasining faqat leksik-semantik emas, balki kognitiv-modelyatsion xususiyatlari ham alohida e’tibor markaziga olingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, antonimik juftliklar tabiiy jarayonlarning fazoviy-vaqtli dinamikasini ifodalashda muhim lingvistik vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, gidrometeorologik terminlarda antonimiya ko‘pincha jarayonlarning yo‘nalishli harakati va energetik almashinuvi bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Bu esa ularning nafaqat qarama-qarshi ma’no ifodalashini, balki tizimli bog‘liqlik asosida ishlashini ham tasdiqlaydi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, bunday terminologik juftliklar ilmiy matnlarda konseptual aniqlikni oshirish va murakkab tabiiy hodisalarni soddalashtirilgan modelda ifodalashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, tadqiqot ingliz tilidagi gidrometeorologik terminlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida antonimik munosabatlarni saqlash muhimligini ko‘rsatdi. Bu ilmiy kommunikatsiyada aniqlikni ta’minlash va terminologik bir xillikni saqlash uchun zarur omil hisoblanadi.

gidrometeorologiya, terminologiya, antonimiya, strukturaviy-semantik tahlil, binar oppozitsiya, vektorli antonimlar, tarjima muammolari.

Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.

Цитировать

APA 7
Qurbonova, Ozoda (2026). INGLIZ TILI GIDROMETEOROLOGIYA TERMINOLOGIYASIDA АНТONIMIYA: STRUKTURAVIY, SEMANTIK VA KOGNITIV JIHATLAR. Қўқон университети хабарномаси, 18, 70-72.
GOST R 7.0.5
Qurbonova, Ozoda INGLIZ TILI GIDROMETEOROLOGIYA TERMINOLOGIYASIDA АНТONIMIYA: STRUKTURAVIY, SEMANTIK VA KOGNITIV JIHATLAR // Қўқон университети хабарномаси. 2026. Т. 18. С. 70-72.
BibTeX
@article{ozoda2026,
  author  = {Qurbonova, Ozoda},
  title   = {INGLIZ TILI GIDROMETEOROLOGIYA TERMINOLOGIYASIDA АНТONIMIYA: STRUKTURAVIY, SEMANTIK VA KOGNITIV JIHATLAR},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year    = {2026},
  volume  = {18},
  pages   = {70-72}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Qurbonova, Ozoda
TI  - INGLIZ TILI GIDROMETEOROLOGIYA TERMINOLOGIYASIDA АНТONIMIYA: STRUKTURAVIY, SEMANTIK VA KOGNITIV JIHATLAR
JO  - Қўқон университети хабарномаси
PY  - 2026
VL  - 18
SP  - 70
EP  - 72
ER  -