Қўқон университети хабарномаси Том 18 (2026) · с. 106-108
NEKRONIMLAR YASALISHIDA TOPONIMIK MARKERLARNING QO‘LLANISHI
Kaxarov, Shuxratbek
Аннотация
Maqolada nekronimlar tarkibidagi makon, vaqt va shakl-hajmga munosabatni ifodalaydigan markerlarning qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilingan. Ularning tahlili xalqimizning o‘ziga xos nominatorlik tafakkuri va toponimik dunyoqarashini anglashga xizmat qiladi. Andijon viloyati nekronimlari tarkibida yuqori, quyi, pastki, eski, yangi kabi markerli nomlar ko‘plab uchraydi. Ularning shakliy tuzilish xususiyatlari birma-bir o‘rganilgan. Maqola so‘ngida markerli nomlar hududiy yaqinlik va funksional aloqadorlik asosida vujudga kelishi xulosa qilingan. Maqolada nekronimlar tarkibida uchraydigan toponimik markerlarning lingvistik va nominativ xususiyatlari yoritilgan. Markerlarning qo‘llanishi natijasida nekronimlar tizimida hududiy joylashuv, tarixiy ketma-ketlik hamda obyektlararo funksional munosabatlar ifodalanishi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, markerli nekronimlar xalqning makon va zamon haqidagi tasavvurlari, tarixiy xotirasi hamda nom berish an’analarining lisoniy ifodasi sifatida baholangan. Nekronimlar tarkibidagi markerlar orqali toponimik tizimning ichki taraqqiyot qonuniyatlari, onomastik uzviylik va nomlarning vorislik asosida shakllanish mexanizmlari ochib berilgan. Olingan ilmiy qarashlar o‘zbek onomastikasida nekronimlarning struktur-semantik xususiyatlarini chuqurroq anglash hamda toponimik tadqiqotlarni yangi nazariy yondashuvlar bilan boyitishga xizmat qiladi.
toponim, toponimik marker, onomastika, nekronim, atoqli ot, nominatsiya, motivatsiya, transonimizatsiya, konversiya, transpozitsiya.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.