Қўқон университети хабарномаси 18-jild (2026) · 113-115-betlar

KOMILJON IMOMOVNING AFSONA JANRI BORASIDAGI ILMIY QARASHLARI

Avazova, Lobar

Manbada oʻqish PDF

Annotatsiya

Maqolada folklorshunos olim Komiljon Imomovning afsona janri xususidagi ilmiy qarashlari tahlilga tortilgan. Jumladan, afsonalarning janriy belgilari, tematik tasnifi, mifologik, diniy, tarixiy va toponimik kabi turlari misollar yordamida yoritilgan. Keltirilgan ma’lumotlar o‘zbek folklorshunosligining nazariy tamoyillariga tayangan. Mazkur maqolada Komiljon Imomovning afsona janri haqidagi ilmiy konsepsiyalari, uning o‘zbek folklorshunosligida afsonalarni tasniflash va janriy xususiyatlarini belgilash borasidagi xizmatlari yoritiladi. Shuningdek, olim tomonidan afsonalarning tarixiylik, ishonchlilik, bayon usuli, obrazlar tizimi va funksional vazifalariga oid ilgari surilgan qarashlar tahlil qilinadi. Afsonalarning xalqning mifologik tafakkuri, diniy e’tiqodlari, tarixiy xotirasi hamda geografik tasavvurlari bilan bog‘liqligi ochib berilib, ularning milliy madaniyat va ma’naviy merosni saqlashdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Komiljon Imomov yaratgan nazariy qarashlar afsona janrining boshqa og‘zaki nasr turlaridan farqli jihatlarini aniqlash, uning ichki tipologiyasini tizimlashtirish hamda o‘zbek folklorining poetik xususiyatlarini chuqurroq anglash imkonini berishi bilan ahamiyatlidir. Maqolada olimning ilmiy merosi zamonaviy folklorshunoslik nuqtai nazaridan baholanib, uning afsona nazariyasini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati yoritiladi.

folklor, afsona, tasnif, mifologik, diniy, tarixiy, toponimik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Avazova, Lobar (2026). KOMILJON IMOMOVNING AFSONA JANRI BORASIDAGI ILMIY QARASHLARI. Қўқон университети хабарномаси, 18, 113-115.
GOST R 7.0.5
Avazova, Lobar KOMILJON IMOMOVNING AFSONA JANRI BORASIDAGI ILMIY QARASHLARI // Қўқон университети хабарномаси. 2026. Т. 18. С. 113-115.
BibTeX
@article{lobar2026,
  author  = {Avazova, Lobar},
  title   = {KOMILJON IMOMOVNING AFSONA JANRI BORASIDAGI ILMIY QARASHLARI},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year    = {2026},
  volume  = {18},
  pages   = {113-115}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Avazova, Lobar
TI  - KOMILJON IMOMOVNING AFSONA JANRI BORASIDAGI ILMIY QARASHLARI
JO  - Қўқон университети хабарномаси
PY  - 2026
VL  - 18
SP  - 113
EP  - 115
ER  -